Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Samarqand xalqaro aeroporti Tel-Avivga parvozlarni boshladi

Gulhayo Naimova 10.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :28

“Air Samarkand” aviakompaniyasi Samarqanddan Isroilning Tel-Aviv shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Bu yo‘nalish muntazam asosda har yakshanba kuni amalga oshiriladi va ikki davlat o‘rtasidagi turizm, savdo hamda madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Bungacha ochilgan yo‘nalishlar:

Krasnoyarsk (Rossiya): 2025-yil 1-apreldan boshlab “Ural Airlines” haftasiga bir marta, seshanba kunlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshira boshladi.

Boku (Ozarbayjon): 2025-yil 1-apreldan boshlab “Azerbaijan Airlines” chorshanba va yakshanba kunlari Samarqand–Boku yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.

Turkiston (Qozog‘iston): 2025-yil 1-maydan boshlab “Qazaq Air” aviakompaniyasi Samarqand va Turkiston o‘rtasidagi aviaqatnovlarni haftasiga ikki marta tikladi.

Samarqand xalqaro aeroporti 2024-yil yakunida 1,38 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu 2023-yilga nisbatan 36,6 foiz ko‘pdir. Bu o‘sish sur’ati bilan aeroport Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez rivojlanayotgan aeroport sifatida e’tirof etildi.

So‘nggi yillarda yangi terminal, avtomatlashtirilgan parkovka, elektron eGate tizimi kabi zamonaviy infratuzilmalar joriy etildi. 2022-yilda foydalanishga topshirilgan yangi terminal yillik 2 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *