“Shrek 5” multfilmining voqealari “real dunyo”da kechishi haqida e’lon qilingan syujet muxlislar orasida bahsli muhokamalarga sabab bo‘ldi — bu safar sehrli ertak o‘z o‘rnini zamonaviy haqiqatga bo‘shatyapti.
Gollivuddagi taniqli insayder “Shrek 5” multfilmining syujetini oshkor qildi. Unga ko‘ra, voqealar bu safar sehrli podshohlik emas, balki “real hayot” sahnasida kechadi. Mazkur syujet ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama va bahslarga sabab bo‘ldi.
Insayder ilgariroq aktrisa Zendeyaning filmda ishtirok etishini ham birinchi bo‘lib e’lon qilgan edi — bu ma’lumot keyinchalik rasmiy tasdiqni topdi.
Syujet tafsiloti qanday?
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shrekning qizi sehr bilan shug‘ullanadi va tasodifan otasi hamda Eshakni sehrli tarzda “real hayot”ga olib o‘tadi. Ularni orqaga qaytaradigan sehr esa mavjud emas — shuning uchun qahramonlar “haqiqiy dunyo” ichida o‘z yo‘llarini o‘zlari topishga majbur bo‘ladi.
Multfilmning premyerasi 2026-yil 23-dekabrga belgilangan.
Ijtimoiy tarmoq reaksiyasi: hazil, tanqid va umid
Yangi syujet e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda turli hazillar, memlar va shubhalar paydo bo‘ldi:
-
“Shrek Tom Hollandga aylansin!”
-
“Bu axir ‘Smurflar’ syujeti emasmi?”
-
“Ertakka nima bo‘ladi?” — deya izohlar qoldirilmoqda.
Ba’zi foydalanuvchilar esa bu mish-mish haqiqat emasligiga umid bildirdi. Hozircha film animatsion tarzda zamonaviy shahar muhitida bo‘ladimi yoki jonli aktyorlar bilan suratga olinadimi — bu borada rasmiy izoh yo‘q.