Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Ukraina Prezidenti O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya joriy etdi

6572a71e9b341

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan farmon asosida O‘zbekistondagi uchta kompaniya va bir fuqaro rasmiy “qora ro‘yxat”ga kiritildi. Sanksiyalar Ukraina Prezidentining №301/2025-sonli farmoni bilan rasmiylashtirildi.

Ro‘yxatga jami 74 ta yuridik va 58 ta jismoniy shaxs kiritilgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston, Eron va Xitoy kompaniyalari ham bor. Zelenskiy farmoniga ko‘ra, ular asosan harbiy texnologiyalar bilan bog‘liq faoliyatda ayblanmoqda.

O‘zbekistondagi subyektlar ro‘yxati:

  • “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJ

  • “Raw Materials Cellulose” MChJ (Jizzax)

  • “Mercury Renaissance” MChJ QQ (Toshkent)

  • O‘zbekiston fuqarosi Rustam Mo‘minov

Sanksiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Ukraina bilan savdo aloqalarini to‘xtatish

  • Resurslar tranziti va yuk tashish operatsiyalarini cheklash

  • Kapitalni chetga olib chiqishni taqiqlash

  • Moliyaviy va texnologik bitimlarni muzlatish

  • Vizalarni bekor qilish va kirish cheklovlari

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, bu choralar “xavfsizlik va milliy manfaatlar doirasida qabul qilingan”. Hozircha O‘zbekiston hukumati yoki sanksiyaga uchragan kompaniyalar tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.