Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Metropoliten tizimida ayollar uchun yangi kasbiy yo‘nalish ochildi

Nilufar Qobilova 08.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :29

Toshkent metropoliteni tizimida ilk bor ayollar mashinistlikka tayyorlanmoqda. Bu yangilik nafaqat poytaxt transport tizimi, balki ayollar faolligining kengayishida ham muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Toshkent metropoliteni matbuot kotibi Tohir Mirzayev bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning may oyidan boshlab ayollar uchun mashinistlik bo‘yicha maxsus tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yilgan. Dastlab mashg‘ulotlarga qiziqish bildirgan ayollar soni ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, faqat 16 nafar nomzod tanlov, tibbiy ko‘rik va psixofiziologik tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

O‘quv jarayoni va malaka bosqichlari

Nomzodlar “Metroilm” – Metropoliten xodimlarini tayyorlash ilmiy-innovatsion markazida, shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti va texnikumida tahsil olishmoqda. To‘liq o‘quv jarayoni 11 oy davom etadi.

Mashg‘ulotlarga qabul qilishda nomzodlar:

  • 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lishi,

  • texnik bilimlarga ega bo‘lishi,

  • tibbiy va psixologik tekshiruvlardan o‘tishi talab etiladi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar imtihon topshiradi va aprel-may oylarida sertifikat bilan taqdirlanadi. Ular dastlab 3 oy davomida mashinist yordamchisi sifatida ishlaydi. Bu bosqichda murabbiy nazorati ostida amaliyot olib boriladi.

So‘nggi ichki imtihonni ham muvaffaqiyatli topshirganlar mustaqil mashinist sifatida metro poyezdlarini boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Mintaqada ikkinchi davlat

Mirzayevning ta’kidlashiga ko’ra, O‘zbekiston ushbu tashabbus orqali MDH mamlakatlari orasida metroda ayol mashinistlar faoliyat olib boradigan ikkinchi davlatga aylanadi. Bu yondashuv ayollarning transport sohasida ham faol ishtirok etishiga imkon yaratadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *