Asosiy matnga o'tish
27-Noyabr, Juma
Ta’lim 1 daqiqa o'qish

Besh viloyatda davlat-xususiy sheriklik asosida 500 ta bog‘cha quriladi

Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 500 ta bog‘cha quriladi; tender 2027-yil martda boshlanadi.

Bog‘cha qurilishi: davlat bog‘chasidagi guruh xonasi

Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida davlat-xususiy sheriklik asosida 500 ta bog‘cha quriladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Har yili kamida 100 ta bog‘cha qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu Prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi PF-242-son farmoni bilan tasdiqlangan ta’lim milliy dasturida belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyiha qachon boshlanadi

Bosqich Muddat
Loyiha konsepsiyasini tasdiqlash 2027-yil yanvar
Yer uchastkalarini ajratish 2027-yil fevral
Tenderning 1-bosqichi 2027-yil mart
Tenderning 2-bosqichi 2027-yil avgust
G‘olibni e’lon qilish va DXSh bitimini imzolash 2027-yil oktabr

Xususiy bog‘chalarga yer va imtiyozli kredit

Xususiy bog‘cha ochishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hujjat loyihasi 2027-yil aprelgacha tayyorlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan:⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • nodavlat bog‘chalar uchun yer ajratish va imtiyozli kredit liniyalarini ishga tushirish;
  • tarbiyachilar uchun “Tarbiyachi” onlayn ta’lim platformasini yaratish va malaka oshirishning yangi tizimi;
  • nodavlat bog‘chalarga byudjet subsidiyasi ajratish shartlarini qayta ko‘rib chiqish va subsidiyani ta’lim sifatiga bog‘lash.

6 yoshli bolalar uchun majburiy tayyorlov

2027-yildan barcha 6 yoshli bolalar bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov bilan 100 foiz qamrab olinishi kerak.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hududlarda ehtiyojni xatlovdan o‘tkazish 2026-yil dekabrda yakunlanadi, tayyorlov guruhlari xonalari 2027–2028-yillarda mebel va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Farzandni tayyorlov guruhiga qanday yozish haqida — alohida maqolamizda.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rushana Ziyadullayeva
Muallif
Jurnalist, kopirayter va PR mutaxassisi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini “Axborot xizmati xodimi, jurnalist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Faoliyatini 2020-yilda universitetning axborot-resurs markazida boshlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyin “Nuroniy” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida mutaxassis, “Maktabda biologiya” jurnalida mas’ul muharrir lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoshlar ishlari agentligida ham faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2023-yildan “University of Business and Science” universitetida matbuot kotibi va katta kopirayter.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozir “Sakura books” nashriyotining bosh muharriri.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ FasTracKids bolalar akademiyasi uchun ham kontent tayyorlaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Reklama va imij roliklari ssenariylari, ijtimoiy tarmoq kontenti, press-relizlar va PR materiallari yozadi.

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish

Mavzuga oid

Ta’lim