Asosiy matnga o'tish
26-Noyabr, Payshanba
Ta’lim 1 daqiqa o'qish

Homilador va 3 yoshgacha farzandi bor talaba qizlarga imtiyozlar: grant saqlanadi, fanlar farqi bepul

Homilador va 3 yoshgacha farzandi bor talaba qizlar o‘qishdan chetlashtirilgan bo‘lsa ham o‘sha kursdan davom etadi, fanlar farqi esa bepul topshiriladi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti talabalar yotoqxonasi binosi kirish qismi — yotoqxona to‘lovini qoplash
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Homilador va 3 yoshgacha farzandini tarbiyalayotgan talaba qizlar uchun oliy ta’limda bir qator yengilliklar joriy etildi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan bir nechta hukumat qarorlariga kiritilgan o‘zgartishlarda belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shaxsiy jadval keyingi o‘quv yiliga o‘tishi mumkin

Sirtqi, maxsus sirtqi va kechki ta’limda uzrli sabab bilan fanlarni o‘z vaqtida o‘zlashtira olmagan talabalarga shaxsiy jadval beriladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Odatda bu jadvaldagi muddat keyingi o‘quv yiliga o‘tmasligi kerak.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Endi homilador va 3 yoshgacha farzandi bor talaba qizlar uchun istisno qilindi: ularning shaxsiy jadvali keyingi o‘quv yiliga o‘tishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda talabaning davlat granti asosidagi maqomi saqlanib qoladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chetlashtirilganlarga “ikkinchi imkoniyat”

Kursdan-kursga qolgan yoki talabalar safidan chetlashtirilgan homilador va 3 yoshgacha farzandi bor talaba qizlarga o‘qishni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” beriladi:⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • ular istisno tariqasida qolgan yoki chetlashtirilgan kursidan o‘qishni davom ettiradi;
  • fanlar farqini mustaqil topshirish uchun 2 yilgacha muddat beriladi;
  • fanlar farqini topshirish uchun pul olinmaydi;
  • o‘quv dasturi, darsliklar, elektron ma’ruzalar va o‘qituvchilardan onlayn maslahat HEMIS tizimi orqali beriladi.

Bu imkoniyat har bir homiladorlik yoki 3 yoshgacha farzand tarbiyasi holati uchun bir marta beriladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Akademik ta’tildan qaytganlar uchun ham

Akademik ta’tildan qaytgan talaba qizlarga ham fanlar farqini topshirish uchun 2 yilgacha muddat beriladi va bunda to‘lov undirilmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular o‘quv dasturi va o‘quv materiallari bilan ta’minlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shma dasturlarda chet elga bormasdan o‘qish

Xorijiy universitet bilan qo‘shma ta’lim dasturida o‘qiyotgan homilador yoki 3 yoshgacha farzandi bor talaba qizlar hamkor universitet roziligi bilan chet elga bormasdan o‘qishni davom ettirishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Homiladorlik mehnatga layoqatsizlik varaqasi, farzand parvarishi esa bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyingi ta’lim yo‘nalishini ikki universitet kelishib belgilaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq tug‘ruq nafaqasi qanday hisoblanishi haqida batafsil yozgan edik.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rushana Ziyadullayeva
Muallif
Jurnalist, kopirayter va PR mutaxassisi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini “Axborot xizmati xodimi, jurnalist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Faoliyatini 2020-yilda universitetning axborot-resurs markazida boshlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyin “Nuroniy” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida mutaxassis, “Maktabda biologiya” jurnalida mas’ul muharrir lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoshlar ishlari agentligida ham faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2023-yildan “University of Business and Science” universitetida matbuot kotibi va katta kopirayter.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozir “Sakura books” nashriyotining bosh muharriri.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ FasTracKids bolalar akademiyasi uchun ham kontent tayyorlaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Reklama va imij roliklari ssenariylari, ijtimoiy tarmoq kontenti, press-relizlar va PR materiallari yozadi.

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish

Mavzuga oid

Ta’lim