Asosiy matnga o'tish
26-Noyabr, Payshanba
Ta’lim 2 daqiqa o'qish

Yosh olimlar uchun xorijiy stajirovka va grant tanlovlari tartibi o‘zgardi

Yosh olimlar endi QS, THE yoki ARWU reytingida TOP-500 ga kirgan universitetlarga stajirovkaga yuboriladi. Hisobot qabul qilinmasa, sarflangan pul maoshdan ushlanadi.

Laboratoriya stolida pipetkalar, probirkalar va ilmiy uskunalar — ilmiy loyihalar samaradorligi
Foto: Unsplash

Yosh olimlarni xorijga stajirovkaga yuborish, “Akademik harakatchanlik” va “Bo‘lajak olim” tanlovlarini o‘tkazish tartibi yangilandi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Barcha tanlovlarni endi Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi o‘tkazadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xorijiy stajirovka: qaysi universitetlarga

Yosh olimlar QS, THE yoki ARWU xalqaro reytinglaridan birida TOP-500 ga kirgan xorijiy universitetlarga yoki AD Scientific Index reytingida TOP-1000 ga kirgan xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuboriladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • Tanlov har yili kamida bir marta, 1-iyulgacha e’lon qilinadi.
  • Ariza 20 yoshdan oshgan, 40 yoshga to‘lmagan nomzodlardan qabul qilinadi.
  • Bir nomzod bir vaqtda faqat bitta tanlovda qatnasha oladi.
  • Avval stajirovka o‘tagan olim hisobotini topshirgandan keyingina yana qatnasha oladi.
  • Yakka tartibdagi stajirovka uchun qabul qiluvchi tashkilotning taklifnomasi, ish dasturi va xarajatlar smetasi talab qilinadi.
  • Nomzodlarni saralashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin.

Muhim shart: agar stajirovkadan keyingi ilmiy hisobotni ekspert guruhi qabul qilmasa, sarflangan mablag‘ yosh olimning ish haqidan ushlab qolinib, jamg‘armaga qaytariladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Akademik harakatchanlik”

Bu dastur yosh olimlarga o‘z ish joyidan ajralmagan holda O‘zbekistondagi boshqa ilmiy tashkilot yoki laboratoriyada loyiha bajarish imkonini beradi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Yosh olim deganda ilmiy identifikatsiya raqamiga ega, 40 yoshdan oshmagan fuqaro tushuniladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 50 balldan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar orasidan g‘oliblar kvota doirasida aniqlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hisobotni muddatida topshirmagan yoki hisoboti qoniqarsiz deb topilgan yosh olim keyingi tanlovlarda qatnasha olmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Uni yuborgan tashkilot esa bir yil davomida nomzod tavsiya qila olmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Bo‘lajak olim” tanlovi

“Bo‘lajak olim” tanlovi har yili kamida bir marta Startaplar bo‘yicha yagona platforma orqali o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Platformadan tashqarida berilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Kamida 50 ball to‘plagan ilmiy g‘oyalar g‘olib bo‘lishi mumkin, mukofot puli muallifning bank kartasiga o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bitta ilmiy loyiha uchun ajratiladigan mablag‘ 2 000 BHM, ya’ni hozirgi BHM bilan 880 mln so‘mdan oshmasligi kerak.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ishni muddatida bajarmagan yoki moliyaviy intizomni buzgan talabgor ikki yil tanlovda qatnasha olmaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Moliyalashtirilgan startap loyihalar ijrochilari “Yashnobod” yoki boshqa texnoparklar rezidenti maqomini olishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu qaror bilan olimlarga umrbod o‘zgarmaydigan ilmiy identifikatsiya raqami berilishi ham belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Rushana Ziyadullayeva
Muallif
Jurnalist, kopirayter va PR mutaxassisi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini “Axborot xizmati xodimi, jurnalist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Faoliyatini 2020-yilda universitetning axborot-resurs markazida boshlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyin “Nuroniy” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida mutaxassis, “Maktabda biologiya” jurnalida mas’ul muharrir lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Yoshlar ishlari agentligida ham faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 2023-yildan “University of Business and Science” universitetida matbuot kotibi va katta kopirayter.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Hozir “Sakura books” nashriyotining bosh muharriri.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ FasTracKids bolalar akademiyasi uchun ham kontent tayyorlaydi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Reklama va imij roliklari ssenariylari, ijtimoiy tarmoq kontenti, press-relizlar va PR materiallari yozadi.

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish

Mavzuga oid

Ta’lim