Asosiy matnga o'tish
25-Noyabr, Chorshanba
Jamiyat 3 daqiqa o'qish

“Ishonch” jamg‘armasi orqali yana 252,5 mln dollar qaytariladi: avvalgi mablag‘lar qanday sarflangan?

Shveysariyadan qaytadigan 252,5 mln dollar bolalar salomatligi va maktablarga sarflanadi. Birinchi transh hisobidan 230 ta perinatal markazga uskuna olingan.

“Ishonch” jamg‘armasi orqali yana 252,5 mln dollar qaytariladi: avvalgi pulga nima qilingan?

O‘zbekiston va Shveysariya noqonuniy o‘zlashtirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytarish bo‘yicha bitimni tasdiqladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ 252,5 million dollar “Ishonch” jamg‘armasi orqali bolalar salomatligi, maktablar va o‘qituvchilarga sarflanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Birinchi bosqichda qaytgan mablag‘lar qanday sarflanganini ham eslatamiz.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Hujjatni 24-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Simone Giger va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl imzoladi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Imzolangan hujjat jamg‘arma resurslarini taqsimlash strategiyasining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Otabek Fazilkarimov, Simone Giger va Sabine Mahl “Ishonch” jamg‘armasi bo‘yicha hujjatni imzolamoqda
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Yangi mablag‘lar nimaga sarflanadi

Strategiyada ikki ustuvor yo‘nalish belgilangan:⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

  • Sog‘liqni saqlash. Bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, ayrim onkologik kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish, shifokorlar malakasini oshirish.
  • Ta’lim. Maktab infratuzilmasini, jumladan yangi maktablar qurilishini qo‘llab-quvvatlash, darsga raqamli texnologiyalarni olib kirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va sifatli ta’limni kengroq qamrab olish.

Vazirlikning qayd etishicha, birinchi navbatda qishloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan aholi qatlamlari uchun sharoit yaxshilanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Loyihalar O‘zbekiston hukumati bilan birga BMT va Jahon banki ishtirokidagi dasturlar orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Ishonch” jamg‘armasi qayerdan paydo bo‘lgan

2022-yil 16-avgustda O‘zbekiston va Shveysariya restitutsiya bitimini imzolagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMTning ko‘p tomonlama trast jamg‘armasi huzurida “Ishonch” (Uzbekistan Vision 2030 Fund) jamg‘armasi tuzildi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unga Shveysariyada Gulnora Karimova ishi doirasida musodara qilingan mablag‘lar tushadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mablag‘larni qayerga yo‘naltirishni Strategik qo‘mita hal qiladi, Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi esa jarayonni kuzatib boradi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalgi mablag‘lar qanday sarflangan

Birinchi transh bo‘yicha 131 million dollarni qaytarish kelishilgan edi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ 2025-yil aprelida Otabek Fazilkarimov bu summaning 95 million dollari O‘zbekistonga kelganini aytgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlikning yangi xabariga ko‘ra, birinchi bosqichda sog‘liqni saqlash va ta’limga 87 million dollar yo‘naltirilgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik avvalroq e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu mablag‘lar hisobidan quyidagi ishlar qilingan:⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

  • 230 ta perinatal markaz uchun 23 turdagi 5 841 dona zamonaviy tibbiy uskuna sotib olingan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tejalgan mablag‘ hisobidan yana 1 400 dan ortiq tibbiy jihoz keltirilishi rejalashtirilgan.
  • BMT tashkilotlari 11 mingdan ortiq tibbiyot xodimini o‘qitgan.
  • Tug‘ruq muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 29 ta milliy protokol va qo‘llanma xalqaro standartlar asosida yangilangan.
  • Ta’limda axborot texnologiyalari va raqamli yechimlar orqali o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish loyihasi ishga tushirilgan.
  • 2025-yil 1-oktyabrdan 20 million dollarlik maktablar loyihasi boshlangan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unda kamida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, ularni toza suv, zamonaviy sanitariya va ishonchli isitish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Loyiha 31 mingdan ortiq bolani qamrab oladi, 2 700 nafar o‘qituvchi va xodim o‘qitiladi.

Onalar va chaqaloqlar salomatligi loyihasiga 43,2 million dollar ajratilgani, uning maqsadi 30 oy ichida 600 ming ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloqni qamrab olish hamda kam vaznli chaqaloqlarning omon qolish darajasini 75 foizdan 90 foizga ko‘tarish ekani ham aytilgan edi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Shveysariya va BMT vakillari uchrashuvi
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Mablag‘lar qanday nazorat qilinadi

Vazirlikning ta’kidlashicha, jamg‘arma faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, mablag‘dan faqat maqsadli foydalanish, loyihalar natijasini baholash va fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringi asosiy tamoyillar hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Loyihalarni tanlash, amalga oshirish va natijasini kuzatishda shaffoflik va hisobdorlikka alohida e’tibor qaratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil fevralida Adliya vaziri Akbar Toshqulov va Shveysariyaning o‘sha paytdagi elchisi Konstantin Obolenskiy Karimova bilan bog‘liq yana taxminan 182 million dollarni qaytarish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ O‘shanda qaytariladigan mablag‘ning umumiy miqdori 313 million dollarga yetishi aytilgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlikning yangi xabarida 252,5 million dollar shu kelishuv bilan qanday bog‘liqligi izohlanmagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Sevinch Berdiyorova
Muallif
Jurnalist, axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassisi.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Buxoro davlat universitetida “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishida tahsil olgan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Talabalik yillarida filologiya fakultetining matbuot xizmatiga rahbarlik qilib, fakultet hayotiga oid yangiliklarni tayyorlagan.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ 2025-yildan Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ 2026-yildan A.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida xalqaro aloqalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis.⁠⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Jarayon.uz’da huquq, jamiyat va xalqaro yangiliklarni yoritadi.

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish

Mavzuga oid

Jamiyat