Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 913.35 +14.26 EUR 13 328.66 +30.24 RUB 142.39 +0.86

Eron poytaxtiga zarba berildi. Isroilda havo xavfi sirenalari ishga tushdi

photo 2026 02 28 11 56 01

Xabarlar fonida Tehron markazida kuchli portlash sodir bo‘lgani va hodisa joyidan qalin tutun ko‘tarilgani ma’lum qilinmoqda. Eron davlat televideniyesi portlash yuz berganini tasdiqlagan.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt markazida kamida uchta portlash ovozi eshitilgan. Fars News Agency xabarida esa Tehronning “Respublika” hududiga bir nechta raketa kelib tushgani haqida ma’lumotlar borligi aytiladi.

 

Hozircha rasmiy idoralar qurbonlar soni yoki yetkazilgan zarar miqyosi yuzasidan aniq raqamlarni ochiqlamagan.

 

Shu bilan bir paytda Isroilning turli hududlarida havo xavfi sirenalari yangragan. Isroil harbiylari buni ehtimoliy raketa hujumlariga nisbatan aholini oldindan ogohlantirish maqsadidagi “proaktiv choralar” sifatida izohlagan.

 

Isroil mudofaa vaziri hujum “tahdidlarni bartaraf etish” maqsadida amalga oshirilganini bildirgan, biroq nishonga olingan obyektlar haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

 

Portlashning aniq sabablari va zarba qaysi obyektlarga qaratilgani borasida mustaqil tasdiqlangan to‘liq axborot hozircha mavjud emas. Eron rasmiylarining keng qamrovli bayonoti keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, mazkur voqea mintaqa xavfsizligi nuqtayi nazaridan keskinlashuvga olib kelishi mumkin. Ayrim manbalar hodisani AQSH va Eron o‘rtasidagi yadro dasturi bo‘yicha davom etayotgan taranglik fonida yuz berayotgan jarayonlar bilan bog‘lamoqda.