O‘zbekistonda 2025-yilda elektron xizmatlar sohasida xorijiy eng yirik soliq to‘lovchi Apple bo‘ldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniya tomonidan 181,3 milliard so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilga qaraganda 50 foizga ko‘proqdir.
Eng ko‘p soliq to‘laganlar ro‘yxatida Apple yetakchi — 49,5 milliard so‘m to‘lov. Undan keyingi o‘rinlarda Meta 49 milliard so‘m, Google 44,4 milliard so‘m va OpenAI 11,7 milliard so‘m bilan o‘rin egallagan. Shuningdek, Booking.com tomonidan 4,3 milliard so‘m soliq to‘langan.

Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi TOP-10 ta xorijiy kompaniyalar:
Apple – 49,5 mlrd so’m;
Meta – 49 mlrd so’m;
Google – 44,4 mlrd so’m;
OpenAI – 11,7 mlrd so’m;
Вooking.соm – 4,3 mlrd so’m;
TikTok – 3,5 mlrd so’m;
Netflix – 1,8 mlrd so’m;
Acca – 1,6 mlrd so’m;
Xsolla – 1,5 mlrd so’m;
Amazon – 1,4 mlrd so’m.
Soliq kodeksining 281-moddasiga ko’ra, elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etishi va soliqlarni to‘lashi shart.
