Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Buyuk Britaniya internetda fastfud reklamasini butunlay taqiqladi

Buyuk Britaniya internetda fastfud reklamasini butunlay taqiqladi

Buyuk Britaniyada fastfud va zararli taomlar reklamasiga cheklovlar kuchga kirdi. 5-yanvardan boshlab Britaniya televideniyesida fastfud reklamasiga faqat 21:00 dan keyin ruxsat beriladi, internetda esa butunlay taqiqlanadi. Chora bolalarni sogʻliq uchun zararli ovqatlanish targʻibotidan himoya qilishga qaratilgan.

 

Cheklovlar tarkibida shakar, yogʻ va tuz miqdori yuqori boʻlgan 13 toifadagi mahsulotlarga taalluqli. Xususan, qoʻshimcha shakar qoʻshilgan ichimliklar (jumladan, yogurtlar), chipslar, tuzli krekerlar va pechenyelar, makkajoʻxori yormalari va boshqa shakarli «tayyor« nonushtalar, popkorn, shokolad, saqich, muzqaymoq, shakarli pishiriqlar, pissa va muzlatilgan taomlar shular qatoriga kiradi.

 

Qayd etilishicha, maktabning birinchi sinfiga oʻtgan bolalarning 22 foizi ortiqcha vaznga ega, bitiruvchilar orasida esa bu koʻrsatkich 35 foizdan oshadi. Koʻpincha 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar notoʻgʻri ovqatlanish tufayli stomatologik muammolar tufayli kasalxonalarga yotqiziladi.

 

Shuningdek o‘qing:
— Buyuk Britaniyada qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlagan ayolni selfi «fosh qildi»
— Buyuk Britaniya urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bosh vazir
— Britaniya telekanalida toʻliq SI-boshlovchi tomonidan olib borilgan dastur efirga uzatildi