Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati e’lon qilindi

Poytaxtda Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lari hamda markaziy maydonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, barcha bayram tadbirlari 25-dekabrdan boshlanadi va aksariyat joylarda 2026-yilning 10-yanvarigacha davom etadi. Poytaxtning asosiy archasi Milliy kutubxona oldiga o‘rnatiladi va asosiy tadbirlar ham o‘sha yerda o‘tadi.

 

Toshkentning barcha hududlaridagi bayram tadbirlari o‘tadigan manzillar ro‘yxati:

 

Yunusobod tumani:

  • Alisher Navoiy O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydoni (asosiy tadbir) — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
  • Rixsiliy 24/7 turizm ko‘chasi, “Yunusobod Gallereya” majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (17:00 — 21:00);

     

Bektemir tumani:

  • “Compass” savdo majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Bektemir tumani:

  • “Coca-cola garden” bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Mirobod tumani:

  • Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi — 21.12.25 — 04.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • “Central Park” markaziy istirohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
  • “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududi — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Sergeli tumani:

  • Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istrohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Olmazor tumani:

  • Asia Supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatr) — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Uchtepa tumani:

  • Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi — 25.12.25 — 05.01.26 (16:00 — 20:00);

     

Chilonzor tumani:

  • “G‘ofur G‘ulom” madaniyat va istirohat bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
  • “Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
  • “Magic City” bog‘i — 20.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);
  • Al-Xorazmiy 24/7 turizm ko‘chasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);

     

Shayxontoxur tumani:

  • “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00);
  • “Tashkent City” majmuasi — 21.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 23:00);

     

Yashnobod tumani:

  • Ashxobod saylgohi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 20:00);

     

Yakkasaroy tumani:

  • “NEXT” savdo majmuasi — 25.12.25 — 10.01.26 (16:00 — 22:00);

     

Yangihayot tumani:

  • Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi — 25.12.25 — 10.01.26 (11:00 — 22:00).

 

 

Shuningdek o‘qing:
— Forbes dunyodagi eng boy ayollar roʻyxatini e’lon qildi
— Dunyoning eng qudratli ayollar reytingi eʼlon qilindi
— Collins lug’ati tomonidan “Yil so‘zi 2025” e’lon qilindi