Alikante shahrida kuryer boʻlib ishlovchi ayol ishga muntzam ravishda ish vaqti boshlanishidan 30–45 daqiqa oldinroq kelgan.
Rahbariyat uni bir necha marotaba bunday qilmaslik haqida ogohlantirishiga qaramay, u vaqtli kelishda davom etgan.
Oqibatda, kompaniya uni jiddiy qoidabuzarlik uchun ishdan boʻshatgan.
Sud mazkur holatni ish beruvchining ichki qoidalariga bo‘ysunmaslik va mehnat intizomini buzish sifatida baholab, ishdan bo‘shatish qarorini o‘rinli deb topdi. Qarorda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi ishonch munosabatlari buzilgani qayd etilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ishga erta kelish odatda ijobiy holat sifatida qaralsa-da, agar bu ish beruvchining aniq ko‘rsatmalariga zid bo‘lsa, jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
