Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Payme foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan P2P oʻtkazmalar uchun komissiyani oshirdi

robottsds

Payme toʻlov tizimi oʻz mijozlariga ogohlantirish bermasdan kartadan-kartaga oʻtkazmalar uchun 1,1% komissiya yecha boshlagan.

 

Yaqingacha bu 1% ni tashkil etgan, biroq soʻnggi kunlarda bir qancha foydalanuvchilar bu narx oʻzgarganini payqashgan.

 

Masalan, Uzcardʼdan Uzcardʼga Payme orqali pul oʻtkazilganda avval 1% komissiya olingan boʻlsa, hozir xuddi shu narsaga 1,1% komissiya yechilmoqda.

 

Payme mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati (call-markaz) operatori ham narxlarda oʻzgarish boʻlganini tasdiqlab, bunga ikki oydan oshganini maʼlum qildi.

 

Kompaniya tariflarda oʻzgarish boʻlgani haqida shu kungacha mijozlarga bildirishnoma yoxud ogohlantirish yubormagan. Qolaversa, rasmiy veb-saytda haligacha komissiya 1% koʻrsatilgan holatda turibdi.