Qozog‘istonda O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l olgan yuk mashinasida 10 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi. Bu haqida mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati xabar berdi.
Yuk mashinasi hujjatlarga ko‘ra O‘zbekistondan Rossiyaga 15 tonna granit toshini olib ketayotgan bo‘lgan. Chegarachilar transport vositasini ko‘zdan kechirish jarayonida yukxona (tirkama) ichida odamlar yashiringanini aniqlashgan.
Qo‘lga olinganlarning shaxsi aniqlashtirilganda, ularning 3 nafari O‘zbekiston, 7 nafari esa Tojikiston fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
«Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi rasmiy axborotda.
