Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Sirdaryodagi ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jarayon.uz 5

Hodisa kecha, 2-dekabr kuni Guliston shahri “Taraqqiyot” MFYdagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

 

Buning oqibatida 29 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan, ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan. Hozirgi paytda 1 nafar bemorning ahvoli “o’ta og’ir” bo’lib, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Jarohatlanganlarning 5 nafari “stabil og’ir” va 15 nafari “qoniqarli” holatda. Ahvoli qoniqarli bo’lgan 3 nafar bemorga yordam ko’rsatilib, uyiga javob berilgan.

 

Bemorlardan 2 nafari homilador bo’lgani sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga ko‘chirilgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi (odam o‘lishiga olib kelgan mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan.