Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Foydalanilmagan mehnat taʼtilini pulli kompensatsiyaga almashtirish mumkinmi?

Jarayon.uz 2

Foydalanilmagan mehnat taʼtilini pulli kompensatsiyaga almashtirish mumkin. Bu Mehnat kodeksining 234-moddasida belgilangan.

 

Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan:

 

  • Mehnat shartnomasi bekor qilinganda — xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi.

 

  • Ish davrida — xodimlarning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtilining eng kam davomiyligidan (21 kalendar kun, 217-moddada belgilangan) tashqari qismi uchun pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin.

 

Tartib:

 

Kompensatsiya toʻlovi Mehnat kodeksining 286-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.