Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

O’zbekistonda 1-dekabrdan nimalar oʻzgaradi?

Jarayon.uz

AI-80 markali benzin sotilishining oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” tomonidan 5 mingta tadbirkorlik loyihalari amalga oshiriladi.

 

FHDYO organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrik natijalarini onlayn tarzda oladi.

 

Onlayn seysmologik platforma ishga tushadi.

 

Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi jamoatchilik uchun ochiq boʻlishini taʼminlaydi.

 

“Isteʼmolchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.

 

Fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi.

 

Ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish xizmat turi joriy qilinadi.

 

“Isteʼmolchi murojaati” elektron tizimini joriy etiladi.

 

Xalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi platforma toʻliq ishga tushiriladi.