Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

2026-yildan intellektual mulk sohasida yangi reyting mezonlari kuchga kiradi

Jarayon.uz

2026-yil 1-martdan boshlab, O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga doir yangi tartiblar va respublika tanlovlari joriy etiladi.

 

Bu o‘zgarishlar Prezidentning “Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaга zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ–358-son qarori (27.11.2025 y.) bilan belgilangan.

 

Yangi tartiblarga ko‘ra:

• Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar bo‘yicha sud qarorlari reyting ko‘rsatkichlarini pasaytiruvchi omil sifatida inobatga olinadi. Aksincha, tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisiga egalik qilish reytingga qo‘shimcha ball beradi.

• Intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlarining (guvohnoma, patent) dublikatlari to‘lov asosida onlayn tarzda beriladi.

 

Shuningdek, “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

 

Kadrlar tayyorlash yo‘nalishida:

• 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida,

• 2029/2030-o‘quv yiligacha esa kamida to‘rt oliy ta’lim muassasasida

 

intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

 

2026-yildan boshlab har yili quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari o‘tkaziladi:

• “Eng yaxshi ixtiro”

• “Eng yaxshi foydali model”

• “Eng yaxshi sanoat namunasi”

• “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi”

• “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”

 

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari mos ravishda BHMning 150, 125 va 100 baravari miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi.