Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

O’zbekistonliklarga tashqariga chiqqanda niqob taqish tavsiya qilinmoqda

20735140 9fce 4bfd 9e0b 287aebf1e898 1

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning 22-noyabr kuni soat 09:00 holatiga koʻra atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko’ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi:

 

PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 264.1 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi;

 

PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 186.4 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 3.1 marta oshgan.

 

Ta’kidlash joiz, ko‘rsatkichlarning oshishiga harorat o‘zgarishi ham sabab bo‘lgan. Haroratning keskin o’zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning to’planishiga va atmosfera havosidagi kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi.

 

Gidrometeorologiya xizmati Respublikamiz aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlarini hamda tashqariga chiqqanda niqob taqishlarini tavsiya qilmoqda.