Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

1-yanvardan boshlab YTTlarga firma nomiga ega bo’lishga ruxsat etiladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab YTTlarga firma nomiga ega bo’lishga ruxsat etiladi.

 

Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

 

Unga ko’ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:

 

— tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;

 

— tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

2026-yil 1-yanvardan:

 

— YTTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;

 

— tadbirkorlarning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda, ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YTT guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi.

 

2026-yil 1-martdan:

 

— litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi;

 

— “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.