Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Namanganda to‘y kortejida qoida buzgan 50 nafar haydovchi jazolandi

photo 2025 11 14 10 12 03.large

Naman­gan viloyatida to‘y kortejida qatnashib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan 50 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Vazirlikka ko‘ra, haydovchilar d­rift harakatlarini bajargan, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan, transport vositalari va piyodalar uchun xavf tug‘dirgan. Shuningdek, ular sodir etgan huquqbuzarliklarni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani aniqlangan.

 

Sud qaroriga asosan, yo‘l bezoriligi va qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan 25 nafar haydovchi bir yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi hamda ularga BHMning 25 baravari miqdorida jarima belgilandi.

 

Qolgan 25 nafar haydovchiga esa BHMning 5 baravari — 2 million 60 ming so‘m jarima qo‘llanilgan.