Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Kasalligi sababli taʼtil olib, 16 ming qadam yurgan xitoylik erkak ishdan boʻshatildi

Kasalligi sababli taʼtil olib, 16 ming qadam yurgan xitoylik erkak ishdan boʻshatildi

Ish beruvchi xodimni ishdan boʻshatish uchun kuzatuv kameralaridagi yozuvlardan dalil sifatida foydalangan. Unda bel va oyoq ogʻriqlari tufayli taʼtil olgan xodimning yugurayotgani qayd etilgan.

 

Qiziq tomoni shundaki, erkak ariza bergan kuni yugurayotgan boʻlgan va u aslida ofisga, rahbariyati oldiga yugurib ketayotganini aytgan. Oxir-oqibat sud xodim himoyasiga oʻtib, uning ishdan asossiz boʻshatilgani haqida qaror qabul qilgan.

 

Xodim ikki marta ishda olingan bel jarohati tufayli taʼtilga chiqqan, uchinchi marta ariza yozganda esa u ishga shoshayotib, oyoq paylarini choʻzib olganini sabab qilib koʻrsatgan.

 

Shuningdek o‘qing:
— O‘zbekistonda har kuni 10 ming qadam yurganlarga qimmatbaho sovg‘alar berish taklif qilindi
— Google 200 dan ortiq xodimini ogohlantirmasdan ishdan bo‘shatdi
— Xitoylik paraplan uchuvchisi kuchli havo oqimi tufayli 8 ming metr balandlikka chiqib, moʻjizaviy tarzda tirik qoldi