Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Yangi oʻquv yilidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberhuquq” bakalavriat yo‘nalishi joriy etiladi

fshafg 1

Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–204-son Farmoni qabul qilindi.

 

Unga koʻra, “E-tergov” axborot tizimi joriy etiladi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

 

– jinoyat ishi yurituvining barcha bosqichlarini elektron shaklga oʻtkazish;

 

– sud ekspertizasini onlayn rejimda tayinlash;

 

– moddiy zararni hisobga olish va undirish jarayonlarini monitoring qilish.

 

Bundan tashqari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 oʻquv yilidan har yilgi qabul parametrlari (kvotalari) doirasida kunduzgi taʼlim shaklida oʻqish muddati 4 yilni tashkil etadigan “Kiberhuquq” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi joriy etiladi.

 

Mazkur Farmon va Strategiyadagi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.