Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishiga Italiya kompaniyasi jalb etiladi

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishiga Italiya kompaniyasi jalb etiladi

O‘zbekiston va Italiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Agentlik direktori Azim Ahmadxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Italiyaning Genuya shahrida bo‘lib turibdi. 20-oktyabr kuni Ansaldo Energia xoldingi va uning atom energetikasi texnologiyalariga ixtisoslashgan kompaniyalaridan biri — Ansaldo Nucleare rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xolding Yevropa energetika sektorida energiya uskunalarini, shu jumladan bug‘ va gaz turbogeneratorlarini loyihalash, muhandislik, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi o‘yinchi hisoblanadi.

 

2025-yilning mayida “O‘zatom” agentligi va Italiyaning Ansaldo Energia kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangandi. Hujjat Italiya kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va tajribasini qo‘llagan holda kadrlar va ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Ansaldo Energia — Yevropa energetika sektorining yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, energetika uskunalarini (gaz va bug‘ turbinalari va mos keluvchi generatorlar) loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish, bosh-montaj va sozlash, hamda energetika uskunalariga kafolatli, shuningdek, undan keyingi xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

 

Ushbu tashkilot o‘zining sho‘ba kompaniyalaridan biri orqali atom sohasidagi barcha faoliyatni qamrab oladi, yangi atom elektr stansiyalarini loyihalash va qurishda innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga, ekspluatatsiyadan chiqarilgan atom stansiyalarini xavfsiz demontaj qilishni ta’minlashga, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

 

Shuningdek o‘qing:
— Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
— Dunyoning eng boy odamlar reytingi o’zgardi – Ilon Mask endi birinchi emas
— Prezident “Shaffof qurilish” orqali nazoratni kuchaytirishni topshirdi