Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Yaponiyada aholiga kuniga 2 soat mobil qurilmadan foydalanishga ruxsat berildi

Yaponiyada aholiga kuniga 2 soat mobil qurilmadan foydalanishga ruxsat berildi

Shahar meri maktab oʻquvchilarining mobil qurilmalarga qaramligi oshgani sababli cheklov joriy etganini bildirgan.

 

1-oktabrdan boshlab Yaponiya, Toyoake shahrida aholiga ish yoki maktabdan tashqari kuniga atigi ikki soat mobil telefon, planshet, oʻyin pristavkalari va kompyuterlardan foydalanishga ruxsat berildi.

 

Shahar meri Masafumi Kuoki maktab oʻquvchilarining mobil qurilmalarga qaramligi oshgani sababli bunday cheklov joriy etilganini bildirgan. Merning maqsadi yoshlar orasida texnologiyaga qaramlikni kamaytirish va sogʻlom turmush tarzini ragʻbatlantirishdir.

 

Qayd etilishicha, yangi qoida ramziy ahamiyatga ega boʻlib, uni nazorat qilish yoki jarima qoʻllash koʻzda tutilmagan. Shu bilan birga, aholiga texnologiyadan meʼyorida foydalanish va vaqtini samarali tashkil etish tavsiya etiladi.

 

Shuningdek o‘qing:
— Suriyada sobiq prezident Bashar Asadni hibsga olishga order berildi
— Rossiya migrantlarni mobil ilova orqali kuzatishni boshlaydi: yangi tizim 1-sentabrdan ishga tushadi
— Xitoyda kanalizatsiyada 7 soat qolib ketgan qizaloq qutqarib olindi