Mazkur yigʻilish shiddat bilan oʻzgarayotgan murakkab global vaziyatda oʻtayotgani, bu esa Tashkilot faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlayotganini qayd etdi.
Prezident qator takliflarni ilgari surdi:
Pedagoglarning oʻzaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida Oʻzbekistonda Butunjahon professional taʼlim sammitini oʻtkazish.
Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga doir rezolyutsiyasini qabul qilish.
Afgʻoniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish boʻyicha Tashkilotimizning alohida rezolyutsiyasini qabul qilish.
BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari boʻyicha tuzilgan Mintaqaviy Kengashni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish.
Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini Oʻzbekistonda ochish.
“Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun oʻzaro transport bogʻliqligini mustahkamlash” global mexanizmini joriy etish.
Iqlim migratsiyasi masalasida keng xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish boʻyicha Global pakt qabul qilish.
“Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni taʼsis etish va uning qarorgohini Oʻzbekistonda joylashtirish.