Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Surxondaryoda 15 yoshli qizni turmushga berganlar jarimaga tortildi

photo 2025 09 22 13 51 05

Ijtimoiy himoya agentligi maʼlumotiga koʻra, voqea Denov tumanidagi “Ozod” mahallasidan aniqlangan.

 

2025-yil iyul oyida mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar qizni turmushga berish harakati qonunga zid ekanini tushuntirib, oilaga ogohlantirish bergan.

 

Shunga qaramay, 10-avgust kuni nikoh marosimi oʻtkazilgan.

 

Mahalliy profilaktika inspektori qonunchilikka muvofiq aybdorlarga maʼmuriy jarima tayinladi.

 

Ayni paytda, qizning huquqlari va taʼlim jarayoni mutasaddilar nazoratiga olingan.

 

Oila kodeksiga asosan, qizlar uchun turmushga chiqish 18 yosh etib belgilangan.