Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Surxondaryoda taqiqlangan maʼruzaga 6 yil avval layk bosgan yigit 3 yilga qamaldi

Ushbu fuqaro 2019-yilda Abdulloh domla, yaʼni Abdugʻani Umarovning aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzasiga layk bosib, tarqatgan.

 

Surxondaryoda aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzaga layk bosgan yigit 3 yilga qamaldi. Bu haqda viloyat sudi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, sudlanuvchi U. A. oʻz telefonida “Odnoklassniki” messenjeri orqali 2019-yilda Abdulloh domla, yaʼni Abdugʻani Umarovning “Jannatga oshiqlar” nomli aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzasiga layk bosib, virtual doʻstlariga tarqatgan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tuman sudining 2025-yil 1-iyuldagi hukmiga koʻra, fuqaroga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilangan.

 

“Sudlanuvchi U. A. tomonidan sodir etilgan mazkur jinoyat ogʻir turga mansubligi tufayli unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazo tayinlangan”, deyiladi xabarda.

 

Avvalroq ushbu viloyatda ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oʻqilib, ular 6-yildan 13-yilgacha ozodlikdan mahrum etilgandi.

 

Daryo.uz manbasi