Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

BYD Yangwang U9 dunyodagi eng tez avtomobilga aylandi

Xitoyning BYD Yangwang U9 avtomobili 496,22 km/soat tezlikka erishib, Bugatti Chiron Sport 300+ (490 km/soat) rekordini yangiladi va dunyodagi eng tez avtomobilga aylandi. 

 

Poygada umumiy quvvati 2978 ot kuchi bo’lgan to’rtta elektr motorli Yangwang U9 Xtreme maxsus versiyasi ishtirok etdi. Bunday versiyadan faqat 30 dona ishlab chiqariladi, hozircha hatto taxminiy narxini ham aytishmayapti.

 

Sportkarning bazaviy versiyasi dvigateli 1306 ot kuchiga ega. Xitoyda uning narxi 236 000 dollardan boshlanadi.