Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Toshkentda ayol farzandlari va oʻzini derazadan tashlab joniga qasd qildi

Voqea 17-sentabr kuni soat 14:18 atrofida Olmazor tumanida yuz bergan. 2001-yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan rashk sababli kelib chiqqan janjaldan keyin keskin qaror qabul qildi.

U avval 2022- va 2024-yillarda tug‘ilgan ikki nafar o‘g‘lini yashab turgan uyning 4-qavati yo‘lagidan pastga tashladi. Shundan so‘ng, ayol o‘sha binoning 8-qavatiga chiqib, o‘zini ham derazadan tashlagan.

Voqea oqibatida ayol og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Ikki nafar voyaga yetmagan bolaning esa hayoti saqlanib qolgan.