Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Poytaxtda 3,2 mln xavfli dori, jumladan 68 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 Max” siropi yo‘q qilinadi

Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga asosan 3 million 200 mingdan ortiq dori vositasi yo‘q qilinmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi qaroriga muvofiq, “Quramax Medical” MCHJ va bojxona omborxonalarida saqlanayotgan dori vositalari maxsus pechlarda yoqish orqali chiqindiga aylantirilmoqda.

Yo‘q qilinishi belgilangan preparatlar orasida kamida 68 bolaning o‘limiga va 16 nafar bolaning nogironligiga sababchi bo‘lgan “Dok1 Maks” ham bor. Jami 811 ming 478 dona “Dok1 Maks” tabletkasi va 101 ming 669 dona siropi, shuningdek, 2 mln. 252 ming 796 dona “Ambronol” tabletkasi va 56 ming 672 dona siropi zararsiz yo‘q qilinishi belgilangan.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sanitariya-epidemiologiya xizmati, ekologiya qo‘mitasi va holislar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Dori vositalari atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda maxsus pechlarda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinmoqda.