Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning ma’lum qilishicha, mazkur korxonalar Ohangaron tumanida joylashgan 15 gektar maydondagi charm klasteriga joylashtiriladi. Unga yana 20 gektar yer qo‘shib beriladi.
Shuningdek:
Ohangaron suv ombori atrofidan 168 gektar yer Toshkent shahar hokimligiga beriladi. Ushbu hududda Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda kamida 600 nafar sayyohni qabul qila oladigan turistik zona barpo etiladi;
Poytaxt tumanlari Toshkent viloyati tumanlariga biriktiriladi, masalan, Mirobod Parkent tumanidagi, Uchtepa Zangiota tumanidagi loyihalarga mas’ul bo‘ladi;
Angrendagi Yangobod, Lashkerek qishloqlariga turizm qishloqlari maqomi beriladi.
