Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Nukusdagi portlashda 10 nafar harbiy jarohatlandi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Nukusdagi dala o‘quv maydonida 10 sentabr kuni o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot vaqtida portlash yuz bergani haqida rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulot jarayonida portlovchi maxsus vosita uchun mo‘ljallangan detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 10 nafarga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular sog‘lig‘ini tiklash uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlanib, mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.