Mahalliy prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, voqea 5-sentabr kuni Zainsk tumanida yuz bergan.
«Nexia» yengil avtomobili noma’lum sabablarga ko‘ra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, «MAN» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Kuchli zarba oqibatida avtomobil butunlay pachoqlanib, haydovchi va ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi uchala marhum ham vatandoshimiz ekanini tasdiqladi. Ular 35, 33 va 30 yoshli Namangan viloyatida yashovchi fuqarolar ekani aniqlandi. Konsullik bayonotida aytilishicha, barcha zarur tashkiliy ishlar tugagach, jasadlar Migratsiya agentligi hisobidan O‘zbekistonga yuboriladi.