Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi

shutterstock 1628670280

Bu haqda Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025) qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

2026-yil 1-yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan «noyob» davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqi berildi.

Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.

Masalan, endi ko‘chalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rishimiz mumkin.