Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Vodiydagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalariga ikki kun tabiiy gaz berilmasligi aytilmoqda

IMG 20250904 092427 437

Energetika vazirligi maʼlumoticha, “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining togʻli hududdan oʻtuvchi qismida 22 kilometrli qoʻshimcha quvur qurilishi yakunlangan. Uni tarmoqqa ulash uchun 2025 yil 5- sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida tabiiy gaz uzatish vaqtincha toʻxtatiladi.

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, 5–6 sentabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari va yirik isteʼmolchilarning gaz taʼminoti cheklanadi.

Vazirlik aholining tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlanishi uchun barcha zarur choralar koʻrilishini qoʻshimcha qilgan.