Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 422.90 −37.80 EUR 14 457.77 −87.61 RUB 154.30 −0.76

Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qoidalari kiritilishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihonni kengaytirish taklif qilindi. “Yangi odamlar” partiyasi deputatlari fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkovga murojaat qilib, imtihon savollariga ayollar bilan qanday muloqot qilish kerakligi bo‘yicha alohida bo‘lim qo‘shishni so‘radi, deb xabar beradi Tass agentligi.

Deputatlar ta’kidicha, so‘nggi yillarda migrantlar orasida ayollarga nisbatan hurmatsizlik, tajovuz va tazyiq holatlari ko‘paymoqda. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda 190 ming kishi deportatsiya yoki chiqarib yuborishga oid qarorlar bilan yuzlashgan. Bu 2023-yildagidan deyarli ikki baravar ko‘p.

Deputatlar fikricha, mavjud jazolar yetarli emas, chunki muammo ildizini yo‘q qilish uchun profilaktika choralari zarur. Ularning aytishicha, migrantlar “ayollarga nisbatan hurmat, muloqot madaniyati va tajovuz oqibatlari” haqida oldindan bilib qo‘yishi shart.

Taklifga ko‘ra, hukumatning 2021-yilgi qaroriga o‘zgartirish kiritilib, rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha testlarga qo‘shimcha savollar qo‘shiladi. Bu savollarda ayollar bilan munosabat qoidalari va ularni buzgan taqdirda jinoiy yoki ma’muriy javobgarlik yuzaga kelishi aniq ko‘rsatiladi.

Muxtasar aytganda, deputatlar migrantlarga “Rossiyada ayollarga nisbatan tazyiq va tajovuz qat’iyan man etiladi” degan bilimni majburiy qilishni istashmoqda.