Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Turkiyada 13 yoshli bola opasining oʻzbekistonlik sevgilisini pichoqladi

IMG 20250826 161401 780

Turkiyaning Aksaray shahrida 13 yoshli bola oilaviy mojaro oqibatida opasining sevgilisini oshxona pichog‘i bilan ko‘kragidan yaralagan.

Voqea 23-avgust kuni kechqurun Erlig‘iqapı mahallasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Muhammad O. uyi oldida sevgilisi Adila T. ning 13 yoshli ukasi S.T. bilan tortishib qolgan. Tortishuv tezda janjalga aylanib, bola qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan Muhammad O. ga zarba bergan.

Guvohlarning aytishicha, hujumdan keyin Muhammad O. ko‘kragidan jarohat olib, yerga yiqilgan. Atrofdagilar darhol tez yordam chaqirgan va yarador shifoxonaga olib ketilgan.

Shifokorlar uning ahvoli og‘irligini ma’lum qilmoqda.
Hodisadan so‘ng bola voqea joyidan qochib ketgan, biroq politsiya uni ko‘p o‘tmay yaqin atrofdagi bir bog‘dan topib, qo‘lga olgan.

Hozirda tergov organlari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. Politsiya hodisaning kelib chiqish sabablari va bolaning javobgarligi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.