Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 422.90 −37.80 EUR 14 457.77 −87.61 RUB 154.30 −0.76

Turkiyada samarqandlik ayol soxta «tadbirkor» tuzogʻidan qutqarib qolindi

Samarqand viloyatida yashovchi yosh ona xorijda yuqori maoshli ish va’dasiga aldanib, Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Istanbulda yashovchi shaxs o‘zini tadbirkor sifatida tanishtirib, unga malaka va til bilimi talab qilinmaydigan ishni va’da qilgan. Ayol ishchi vizasisiz Turkiyaga olib chiqilganidan so‘ng, “yo‘l xarajatlari uchun qarzdor” ekani aytilib, pasporti olib qo‘yilgan va og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlanmoqchi bo‘lingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi murojaatni tezkor ko‘rib chiqdi. Natijada, ayol sog‘-omon holda Vatanga qaytarildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, uni aldashga uringan shaxsning harakatlari yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga tegishli hujjatlar topshirilgan.

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga murojaat qilib, xorijda “oson pul” va yolg‘on va’dalarga aldanmaslik, muammolarni faqat qonuniy yo‘l bilan hal qilishni eslatmoqda.