Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Namangan viloyatida bank xodimi 9,5 milliard so‘m o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Xalq bankining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi filialida 9,5 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirish holati fosh etildi, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xodimlardan biri dasturiy ta’minotga noqonuniy kirib, mablag‘larni o‘zlashtirgan. Qoidabuzarlik bankning ichki korrupsiyaga qarshi bo‘limi tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Tergov ishlari davom etmoqda. Bank barcha aybdorlar Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.