Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Ajans.az: Oʻzbekiston Prezidenti sha’nini tahqirlashda ayblangan shaxs Ozarbayjonda qoʻlga olindi

IMG 20250725 182522 647

1982-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Amonbek Y. Ozarbayjon huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasining Matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Ajans.az nashri.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Amonbek Y. O‘zbekistonda Prezidentning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlikda ayblanib, davlatlararo qidiruvga berilgan.

U 2025-yilning aprel oyida uning Ozarbayjonda ekanligi aniqlanib, hibsga olingan.

Ekstraditsiya jarayoni “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi 2002-yil 7-oktabrda imzolangan Konvensiyaga asosan amalga oshirilgan.

U O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga Adliya vazirligining Jazoni ijro etish xizmati maxsus kuzatuvi ostida topshirilganligi aytilmoqda.