Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Rossiyaning Saratov shaharidagi ko’p qavatli uylarning birida gaz portladi

JL7PgBNAX2h8NMs2zWYRuLnscnAKlrD6

Saratovda portlash oqibatida oʻn qavatli uy podyezdi qulab tushdi, qurbonlar bor. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, maishiy gaz portlagan.

Turar joy binosida maishiy gaz chiqishi oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi, deb xabar berdi Rossiya FVV. Qurbonlar orasida bir bola ham bor. Rossiya agentliklarining tezkor xizmatlarga tayanib xabar berishicha, qulagan podyezd vayronalari ostida odamlar qolayotgan boʻlishi mumkin. Portlash 25-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida shaharning Lenin rayonidagi Blinova koʻchasi, 2-uyda sodir boʻlgan.

Saratov oblasti gubernatori Roman Busarginning maʼlum qilishicha, portlash sababi sifatida gaz sizib chiqishi versiyasi koʻrib chiqilmoqda. Portlash oʻchogʻi toʻqqizinchi qavatdagi kvartirada boʻlgani taxmin qilinmoqda, deb yozadi TASS. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, yettinchi qavatdan oʻninchi qavatgacha boʻlgan burchakli kirish yoʻlagi qulab tushgan.

Hodisa oqibatlari aks etgan kadrlarda oʻninchi qavatdan beshinchi qavatgacha qulash roʻy bergani aks etgan. TASS maʼlumotiga koʻra, 30 dan ortiq xonadonga zarar yetgan boʻlishi mumkin.

TASS agentligining operativ xizmatlarga tayanib xabar berishicha, bino konstruksiyalari qulashi xavfi mavjud. Gubernator Busargin ham uyning qolgan qismida ham qulash xavfi borligini tasdiqlagan. Rossiya FVV telegram-kanalida aytilishicha, qutqaruvchilar uyda yashovchilarni evakuatsiya qilmoqda. Portlashdan Blinova koʻchasidagi oʻtkinchilar, qoʻshni bino va hovlida turgan avtomobillar ham jabrlangan. Voqea joyida 20 dan ortiq qutqaruvchilar, kinologlar va sakkizta texnika ishlamoqda, deya aniqlik kiritdi FVV.

Rossiya Tergov qoʻmitasi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Saratov oblasti prokuraturasi “koʻp qavatli uyda gaz-havo aralashmasi portlashi” fakti boʻyicha tekshiruv tashkil etganini maʼlum qildi.