Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Alfa avlod vakillari egoist va vegetarian boʻlib ulgʻaymoqda. Ular texnologiyalarsiz yashay olmaydimi?

alfa harakteristika pokoleniya gen alpha 2

Gen Alfa — 2010 yildan 2025 yilgacha tugʻilgan avlod hisoblanadi. Ularning eng keksa vakili bugungi kunda taxminan 15 yoshda. Zummerlarga borib, lotin yozuvi Z harfigacha yetgach, yangi davr boshlanishi sifatida yunon alifbosining birinchi harfi Alfa tanlandi — bu XXI asrda toʻliq tugʻilgan ilk avloddir.

2024-yil holatiga koʻra, gen Alfa vakillarining umumiy soni 2 milliarddan ortib ketgan va bu son butun yer yuzidagi aholining toʻrtdan biriga teng. Iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlariga aynan bu avlod toʻliq duch keladi — 2020-yilda tugʻilganlar 1960-yildagilarga nisbatan 7 baravar koʻproq ekstremal ob-havo hodisalari bilan yuzlashishadi.

Ular internet, striminglar, mobil oʻyinlar, interaktiv taʼlim qurilmalari va virtual oʻqish vositalari bilan ilk kundan tanish. Alfalar texnologiyasiz kundalik hayotda yashay olmaydi.

Alfalar bilan bogʻliq yana bir holat bor. Global darajada tugʻilish surʼati kamaygani tufayli koʻplab bolalar yagona farzand boʻlib voyaga yetmoqda va ota-onalar ularni kuchli himoya bilan tarbiyalashmoqda. Tadqiqotchilarga koʻra, Alfa vakillarining egoistiklik belgilari bor, chunki ular koʻproq yakkalanish va “tez natija” kutish xususiyatiga ega. Oilada ularning taʼmi va ehtiyojlari qattiq hisobga olinadi, hatto menyuni tanlashda ham.

Shuningdek, bu avlod sogʻlom turmush tarziga intiladi: ijtimoiy tarmoqlarda sogʻlom oziq-ovqat, vegan-dietaga oid postlar mashhurlikka erishgan, shuning uchun goʻshtsiz dieta ham keng tarqalmoqda. Alfalar sogʻliq va ekologiyaga javobgarlikni yuqori baholaydigan avlod hisoblanadi.

Biroq, maqolaning asosiysi – avlod nazariyasining oʻzi, yaʼni boʻlinishlar, koʻpincha stereotiplarga asoslangan va haqiqatan ham amalda ishlamaydi degan fikrga urgʻu beriladi. Har bir yosh guruh yakuniy qoidaga aylanishi mumkin emas, chunki har bir inson individualdir.

Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-yanvar kunidan “Beta” avlodning ilk vakillari tugʻilishni boshladi. Kelgusi 15-yil — 2025–2039-yillarda tugʻilganlar “beta” avlodga mansub boʻladi.

“Beta” avlod sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotga toʻliq tatbiq etilgan davrda yashaydi. Shuning barobarida, bu avlod iqlim oʻzgarishlari, global migratsiya va shiddatli urbanizatsiya (shaharlashish) kabi jiddiy ijtimoiy muammolarni ham boshdan oʻtkazishiga toʻgʻri kelishi taxmin qilinmoqda.

Quyida qaysi avlod vakillari nechanchi yillar oraligʻida tugʻilgani bilan tanishish mumkin.

  • 1965–1980-yillarda tugʻilganlar — X avlod;
  • 1981–1996-yillar — Y avlod;
  • 1997–2010-yillar — Z avlod (yoki zumerlar);
  • 2010–2024-yillar “alfa” avlod.