Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Iqtisodiyot

Nomingizga kredit olishni cheklash mumkin

Malika Haqqiyeva 23.07.20251 daqiqa o'qiladi
197

Afsuski, firibgarlar tomonidan boshqa birovning nomiga kredit rasmiylashtirish holatlari uchrab turibdi. Shu paytgacha fuqarolar kredit tarixi olishga cheklov qo‘yish imkoniyatiga ega edilar. Endi esa bunday noxush vaziyatlarning oldini olish uchun yanada kuchliroq vosita bor, deya xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi.

my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati ishga tushirildi.

❓ Bu nima degani?

Endilikda siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga osongina taqiq qo‘yishingiz mumkin. Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish juda oddiy ekan. O‘zim ham sinab ko‘rdim, shunchaki Yagona portalga kirib, xizmat sahifasiga o‘tasiz va kredit olishga taqiqni yoqasiz. Bitta tugmani bosish bilan hal bo‘lar ekan.

Mazkur xizmatdan foydalanish bepul.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *