Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekistonda joriy yilgi umra ziyoratining yangi mavsumi maʼlum qilindi

Gulhayo Naimova 15.07.20251 daqiqa o'qiladi
82

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi 2025-yilgi yangi umra mavsumi avgust oyida boshlanishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda seshanba kuni idora matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi 10 kunlik ziyorat dasturiga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga Toshkent–Jidda yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali yetkaziladi. Ziyoratchilar Makka va Madinadagi mehmonxonalarga joylashtirilib, kuniga uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.

Dastur doirasida yurtdoshlarimiz uchun Jidda–Madina–Makka yo‘nalishlarida avtobuslar ajratiladi. Ularga tajribali guruh rahbarlari va sertifikatlangan tibbiy xodimlar hamrohlik qiladi.

Musulmonlar idorasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda 14 ta turistik kompaniya umra safarlarini rasmiy tashkil etish huquqiga ega.

Ziyorat mavsumi tafsilotlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *