Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

«Tashabbusli byudjet» loyihasida ishtirok etolmaydigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi

tashabbusli byudjet

2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket)  g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus beriladi.

Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

Ro‘yxat

Ma’lumot uchun: Namangan shahar – “Dashtbog‘»,  Kogon shahri – «Nurafshon»  va  Shumanay tumani – «Begjap» mahallalarining 2025-yil 1-mavsumdagi loyihalari rad etilgani sababli ushbu mahallalarga tanaffus berilmaydi.