Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Namanganda kuchli jala yog‘inlari kuzatilyapti

photo 2025 07 10 10 04 55

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida kuchli jala yog‘inlari kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi bergan ma’lumotlarga qaraganda, bugun vodiy hududlarida  Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Ta’kidlash lozim, bunday holat respublikamizni tog‘ va tog‘oldi hududlarida va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida ham kuzatilishi mumkinligi aytilgan.