Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Toshkent va Toshkent viloyatida yangi jamoat transport tizimi joriy etiladi

photo 2025 07 09 16 16 45

Poytaxtga har kuni 1 million odam tashrif buyuradi, shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan keladi. Shu bois, Toshkent jamoat transporti tizimi yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tadi.

20 ta avtobus yo‘nalishi uzaytiriladi va 6 ta yangi yo‘nalish qo‘shiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik yaratadi. Sentyabrgacha 200 ta avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

Toshkent va viloyatlararo jamoat transporti uchun yangi tizim 1 sentyabrdan joriy etiladi. Yirikk shaharlarda esa 1 yanvardan boshlanadi.

Transportni yanada qulay va xavfsiz qilish uchun yangi tizim ishga tushiriladi. Toshkentdagi 700 ta chorrahada svetoforlar va kuzatuv tizimlari masofadan boshqariladi. Bu tirbandlikni 25-30% ga kamaytiradi.