3201
Xorazm viloyatining Urganch shahrida ikki o‘smir qiz 7-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Voqea 7-iyul kuni soat 08:15 larda Nurli hayot ko‘chasi, 20-uyda sodir bo‘lgan. Yetti qavatli uyning tomidan sakragan qizlarning biri 2009-yilda, ikkinchisi esa 2010-yilda tug‘ilgan.
Holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.